Xitoy va AQSh Tramp hamda Si Szinpinning ehtimoliy uchrashuviga tayyorgarlikni boshladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat Bosh vaziri o‘rinbosari Xe Lifen 24–27 oktyabr kunlari Kuala-Lumpurda AQSh rasmiylari bilan uchrashib, savdo masalalari bo‘yicha muzokaralar olib boradi.
Uchrashuvda Tramp va Si Szinpinning bo‘lajak muloqotiga zamin yaratish, shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi yangi keskinlik choralarini muvofiqlashtirish masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, u Xitoy bilan "hamma narsa bo‘yicha," jumladan, yadroviy qurollarni qisqartirish bo‘yicha katta kelishuvga umid qilmoqda.
Shuningdek, Amerika yetakchisi XXR raisi bilan Ukraina mojarosini hal qilish masalalarini muhokama qilish niyatida ekanini aytdi. Xususan, Tramp Si Szinpin Rossiya prezidenti Vladimir Putinga "ta’sir o‘tkaza olishiga" umid qilmoqda, chunki u "hurmatli inson" va "katta mamlakatning kuchli rahbari."