Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Tramp va Putin uchrashuvidan xavotirlanishyapti

A A A
Tramp va Putin uchrashuvidan xavotirlanishyapti

11-12 iyul kunlari Bryusselda bo‘lib o‘tadigan NATO sammiti tashkilotchilari Xelsnikidagi Rossiya-Amerika muzokaralari Yevropa xavfsizligiga salbiy ta’sir qilishi mumkinligidan xavotirdalar. The Sunday Telegraph shu haqida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Shimoliy Atlantika alyansi sammitiga tayyorgarlik jarayonida ishtirok etayotgan yuqori lavozimli amaldorlar AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya davlat rahbari Vladimir Putin bilan "Evropadagi xavfsizlik landshaftini qayta shakllantirish"ga doir muzokaralarni boshlashidan tashvishdalar, bunga NATO mamlakatlarining "Trampning alyans normalariga muvofiq mudofaa sohasi xarajatlari oshishi to‘g‘risidagi talablarini qondirishdan voz kechishlari" sabab bo‘lishi mumkin.

Ta’kidlashicha, agar Buyuk Britaniya va Yevropaning boshqa mamlakatlari mudofaa xarajatlarini oshirish majburiyatini olmasa, Donald Tramp AQSh harbiylarini Ukrainadan olib chiqish va NATOning qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlarida Amerikaning ishtirokidan voz kechish bilan tahdid qilishi mumkin.

Manba: kun.uz

Kiritildi: 17:00 08.07.2018. O'qildi: 1589 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik