WSJ nashrining yozishicha, bunga Eron bilan bog‘liq ziddiyat sabab bo‘lgan.
Vashington tinchlik shartnomasiga intilayotgan bir vaqtda, Tel-Aviv urush tarafdori bo‘lgan.
Tramp telefon orqali Netanyaxudan binolarni portlatishni to‘xtatishni talab qilgan va uning maslahatchilariga “hamma joyning rasvosini chiqarganlari”dan shikoyat qilgan.
Avvalroq Axios ham Tramp Livandagi eskalasiya tufayli Netanyaxuni haqoratli tarzda urishib berganini yozgan edi.