AQSh prezidenti Donald Tramp saylovchilarini saylovdagi g‘alaba bilan tabrikladi. Bu haqda u CNN telekanalining jonli efirida aytib o‘tdi.
Respublikachining aytishicha, u Florida, Ogayo, Texas, Shimoliy Karolina va Jorjiya shtatlarida g‘alaba qozongan. Bundan tashqari, yetakchi allaqachon Pensilvaniyada g‘alaba qozonayotganini ta’kidladi. Shuningdek, u ba’zi shtatlarda g‘alaba kutmaganligini ham ta’kidladi.
Trampning ta’kidlashicha, partiya allaqachon "katta bayram"ga tayyorlanmoqda. U saylovchilariga, oila a’zolariga va hamkasblariga minnatdorchilik bildirdi.
Umumiy saylov kuni 3 noyabr kuni AQShda bo‘lib o‘tdi.