Isroil va Falastinning HAMAS radikal harakati o‘rtasidagi urush AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan yakunlangan sakkizinchi mojaro bo‘ldi, deb xabar bermoqda Fox News.
«Urush tugadi. Bu mening sakkizinchi urushim bo‘ladi, men hal qiladigan urush bo‘ladi. Men urushlarni qanday tugatishni, qanday qilib tinchlik o‘rnatishni bilaman. Buni qilish men uchun katta sharaf. Men millionlab odamlarning hayotini saqlab qoldim», — deb javob berdi Tramp Gʻazodagi urush tugagan deb hisoblanishi mumkinmi, degan savolga.
Oq uy rahbari shu bilan birga Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasida qurolli to‘qnashuv davom etayotganini eslab o‘tdi, shuning uchun u Yaqin Sharqqa qayta borishi kerak, deb hisoblaydi. AQSh prezidentining so‘zlariga ko‘ra, u urushlarni yaxshi hal qiladi va buni Nobel mukofoti uchun emas, balki hayotni saqlab qolish uchun qiladi.