Bugun 7 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

"Tramp O‘zbekistonga tashrif buyurishni xohlaydi"

"Tramp O‘zbekistonga tashrif buyurishni xohlaydi"

AQSh prezidentining global hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Paolo Zampolli O‘zbekistonga tashrif buyurish Trampning “vazifalar ro‘yxati”ga kiritilganini aytdi.

"Tramp O‘zbekistonga kelishni xohlashidan xabarim bor. Prezidentning ish jadvali nihoyatda tig‘iz. Ammo u menga O‘zbekistonga tashrif buyurish istagi borligini aytgan. Men ham bu masalani doimo ilgari suraman. Demak, bir kun kelib O‘zbekistonga albatta tashrif buyuradi", – dedi AQSh prezidentining maxsus vakili.

Shu bilan birga, ehtimoliy tashrif sanasi bo‘yicha aniq muddat yo‘q. Zampolli bu tashrifni tashkillashtirish ustida ishlayotgani va bu imkon qadar tezroq amalga oshishiga umid bildirishini qo‘shimcha qildi.

Kiritildi: 23:06 06.10.2026. O'qildi: 407 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!