Bugun 10 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Tramp uning murojaatini efirga uzatmagan telekanallarga tahdid qildi

Tramp uning murojaatini efirga uzatmagan telekanallarga tahdid qildi



AQSh prezidenti Donald Tramp joriy yilning 16 iyul oqshomida uning mamlakat aholisiga yo‘llagan hamda asosan milliy saylov jarayonlariga xorijning ehtimoliy aralashuviga bag‘ishlangan murojaatini translyasiya qilishdan bosh tortgan Amerika telekompaniyalarining lisenziyalarini bekor qilish bilan tahdid qildi.

"Kamdan-kam kuzatiladigan qadam sifatida feyk yangiliklar ijodkorlari bo‘lmish NBC va ABC ushbu nutqni yoritmasliklarini ma’lum qilishdi. Ular gap nima haqida ketishini bilishardi. Bunday firibgarlik ularning lisenziyalarini qaytarib olish bilan jazolanishi kerak", — dedi Tramp.

CNN va NBC telekanallari prezidentning jonli efirdagi nutqini uzatishdan bosh tortgan. CBS va Fox News telekanallari murojaatni qisman namoyish etdi, NBC va ABC esa uni o‘zlarining striming platformalarida translyasiya qildi. AQSh qonunchiligiga ko‘ra, telekanallar prezidentning praym-taymdagi chiqishlarini namoyish etishga majbur emas.

Kiritildi: 19:37 18.07.2026. O'qildi: 1259 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!