AQSh prezidenti Donald Tramp uning siyosatiga tanqidiy munosabat bildirgan teleboshlovchini ishdan bo‘shatishni talab qildi. Bu haqda u TruthSocial ijtimoiy platformasida yozgan.
Maslahat ostida qolgan shaxs — NBC telekanalidagi tungi tok-shou boshlovchisi Set Meyers. Tramp uning chiqishini keskin tanqid qilib, quyidagi bayonotni yozdi:
“U kecha tunda nazorat qilib bo‘lmaydigan g‘azab holatida ko‘rindi, ehtimol, uning reyting pastligi bois qiynalayotgan ‘shou’si sabab. Bundan tashqari, Meyers butunlay qobiliyatsiz va NBC uni ishdan bo‘shatishi kerak. Darhol!”
Trampning bu talabi AQSh mediasida keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.