Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Tramp Ukrainaga qo‘shimcha qurol-yarog‘lar yubormoqchi

Tramp Ukrainaga qo‘shimcha qurol-yarog‘lar yubormoqchi

AQSh prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga qo‘shimcha qurollar, birinchi navbatda, mudofaa qurollarini jo‘natishini aytdi. Shunda mamlakat Rossiya hujumlaridan o‘zini himoya qila oladi.

«Biz ko‘proq qurol jo‘natamiz. Shunga majburmiz. Ular o‘zlarini himoya qila olishlari kerak», - dedi Tramp Oq uyda jurnalistlarga. Uning so‘zlariga ko‘ra, ukrainaliklarga «juda qattiq zarba berilmoqda».

«Biz ko‘proq qurol, birinchi navbatda, mudofaa qurollarini yuborishni rejelashtiryapmiz», – dedi Oq uy rahbari.

Pentagon, o‘z navbatida, Trampning ko‘rsatmasi bo‘yicha departament Ukrainaga qo‘shimcha mudofaa qurollarini yuborishini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pentagon o‘zining qurol-yarog‘ zaxiralarini baholash maqsadida Ukraina va boshqa qator davlatlarga ayrim turdagi qurol-yarog‘ yetkazib berishni to‘xtatganini ma’lum qilgandi.

The Wall Street Journal 4 iyul kuni Tramp Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali suhbatda Ukrainaga harbiy yordamni muzlatish haqida buyruq bermaganini aytdi.

Kiritildi: 16:41 08.07.2025. O'qildi: 671 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!