AQSh prezidenti Donald Tramp Ukrainadagi mojaro uning prezidentlik muddati yakunlanguniga qadar hal etilishiga ishonishini bildirdi.
Fox News telekanaliga bergan intervyusida undan Ukrainadagi urush 2029 yil 20 yanvar — prezidentlik muddati tugaydigan sanadan oldin yakunlanishi mumkinmi, deb so‘ralgan.
«Menimcha, shunday», — deya javob berdi Tramp.
Trampning prezidentlik muddati 2029 yil 20 yanvarda yakunlanadi. U Ukrainadagi mojaro aynan qachon va qanday shartlar asosida hal etilishi mumkinligi haqida qo‘shimcha tafsilot keltirmadi.