“Donald Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinch yo‘l bilan kelishuvga erishishga urinishlardan tobora ko‘ngli sovib, jarayondan uzoqlashmoqda”, deb xabar bermoqda ABC telekanali.
AQSh rasmiylariga ko‘ra, Rossiya talablaridan ularning hafsalasi pir bo‘lgan. Agar tinchlik o‘rnatish jarayonida taraqqiyot bo‘lmasa AQSh vositachilik harakatlarini to‘xtatishi mumkin.
Voqealarning bunday rivoji Ukraina va Yevropa rahbarlarini jiddiy xavotirga solmoqda, deb yozadi FT.