Tramp Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish uchun yangi muddatni “bugun yoki ertaga” rasman e’lon qilish niyatida ekanini bildirdi.
AQSh prezidenti, Rossiya xalqini sevishi va Ukraina atrofidagi vaziyat sababli sanksiyalarga murojaat qilishni istamasligini aytdi.
"Shunga qaramay, Ukraina mojarosi bo‘yicha kelishuvga erishilmasa, Moskvaga nisbatan ikkilamchi sanksiyalar joriy qilishni rejalashtirmoqdaman", — deya ta’kidladi Qo‘shma Shtatlar yetakchisi.
Tramp, shuningdek, endi Putin bilan muloqot qilishga unchalik qiziqishi yo‘qligini va Rossiya bilan yirik savdo aloqalarini yo‘lga qo‘yishga umid qilganini qo‘shimcha qildi.