Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Tramp Twitter’da o‘zini maqtadi

A A A
Tramp Twitter’da o‘zini maqtadi

AQSh prezidenti Tramp neft narxi tushgani uchun o‘zini maqtadi. Bu haqda u Twitter’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi, deb xabar beradi «RIA Novosti».

«Neft narxi tushayotgani ajoyib (rahmat, prezident). Buni, soliqlar qisqarishi bilan bir qatorda, iqtisodiyotdagi boshqa ijobiy o‘zgarishlar qatoriga qo‘shing. Inflyasiya pasaydi», — deb yozdi u.

Brent rusumli neft narxi 27 oktyabrdan buyon birinchi marta 59 dollardan pastga tushgani Trampning bu bayonotiga sabab bo‘ldi.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 04:52 26.11.2018. O'qildi: 1438 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik