Bugun 6 fevral, 2026 yil, juma

КИР

Tramp: tinchlikka faqat kuch orqali erishish mumkin

Tramp: tinchlikka faqat kuch orqali erishish mumkin

Tinchlikka faqat kuch orqali erishish mumkin. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Vashingtonda bo‘lib o‘tgan Milliy ibodat nonushtasi ishtirokchilari oldida so‘zlagan nutqida bildirdi. Tadbir translyasiyasi Oq uyning YouTube kanali orqali namoyish etildi.

«Menimcha, tinchlikka faqat kuch orqali erishish mumkin. Agar kuch bo‘lmasa, tinchlikka erishish juda qiyin. Bizda esa kuch bor», — dedi Tramp.

Uning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar tinchlikni ta’minlash uchun yetarli kuchga ega, biroq mazkur bayonot qaysi aniq vaziyat yoki mojaroga taalluqli ekanini ochiqlamadi.

Kiritildi: 23:05 05.02.2026. O'qildi: 242 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!