Bugun 12 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Tramp Tailand va Kambodja prezidentlari bilan gaplashmoqchi

Tramp Tailand va Kambodja prezidentlari bilan gaplashmoqchi

AQSh prezidenti Donald Tramp Tailand va Kambodja yetakchilari bilan hali gaplashgani yo‘q, biroq buni amalga oshirish niyatida. Vashington ma’muriyati ikki davlat o‘rtasidagi keskinlashuv tufayli vaziyatni kuzatmoqda.

Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Kerolin Levitt jurnalistlar uchun o‘tkazilgan navbatdagi brifingda ma’lum qildi.

"Prezident haligacha bunday telefon qo‘ng‘iroqlarini amalga oshirmagan va u qo‘ng‘iroq qilganda, siz undan to‘g‘ridan-to‘g‘ri eshitasiz, deb ishonaman", dedi u. "AQSh ma’muriyati, albatta, buni eng yuqori darajada kuzatib boradi va to‘liq shug‘ullanadi", deya qo‘shimcha qildi Lavitt, Tailand va Kambodja o‘rtasidagi kuchayib borayotgan mojaroga ishora qilib.

Kiritildi: Bugun 10:30. O'qildi: 190 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!