AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Truth ijtimoiy tarmog‘ida Suriya atrofidagi vaziyatga izoh berdi.
«Assad ketdi. U o‘z mamlakatidan qochib ketdi. Uning himoyachisi, Rossiya, Rossiya, Vladimir Putin boshchiligidagi Rossiya endi uni himoya qilishdan manfaatdor emas», — deb yozgan Tramp.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina tufayli Rossiya Suriyaga, Eron esa Isroil va uning harbiy amaliyotlardagi muvaffaqiyatlari tufayli butunlay qiziqishni yo‘qotdi.
«Rossiya boshidanoq Suriyada bo‘lishi uchun hech qanday sabab yo‘q edi. Ular hech qachon boshlanmagan va abadiy davom etishi mumkin bo‘lgan urushda 600 000 ga yaqin rus askari yaralangan yoki halok bo‘lgan Ukraina tufayli Suriyaga bo‘lgan qiziqishlarini butunlay yo‘qotdilar. Rossiya va Eron zaiflashgan holatda: biri Ukraina va zaif iqtisodiyot, ikkinchisi Isroil va uning harbiy amaliyotlardagi muvaffaqiyati tufayli», — dedi AQShning yangi saylangan prezidenti.