AQShning yangi prezidenti Donald Tramp bir qator “tarixiy” farmonlarni imzolashga va’da berdi. Bu haqda siyosatchi inaugurasiya nutqi chog‘ida CNN telekanali orqali ma’lum qildi .
U Amerikani to‘liq tiklash jarayonini boshlashni kutayotganini tushuntirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, lavozimga kirishganidan so‘ng birinchi soatlarda u yuzga yaqin farmonga imzo chekadi va “bir qalam bilan” o‘zidan oldingi Jo Bayden tashabbuslarini bekor qiladi .