8-may kuni Amerika yetakchisi Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan may oyi o‘rtalarida Saudiya Arabistonida bo‘ladigan uchrashuv bo‘lib o‘tmasligini ma’lum qildi.
“Men bunday deb o‘ylamayman”, — dedi Tramp Oq uyda jurnalistlarning AQSh prezidentining Yaqin Sharq bo‘ylab safari chog‘ida Rossiya yetakchisi bilan uchrashish imkoniyati haqidagi savoliga javoban .
Biroq Tramp Rossiya va AQSh “juda yaxshi suhbatlar” olib borayotganini ta’kidladi.