AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh va Yevropa Grenlandiyani o‘z xavfsizligi uchun «himoya qilishi» kerakligini aytdi. Bu haqda u Oq uyda neft kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvdan so‘ng jurnalistlarga ma’lum qildi.
Tramp o‘z nutqida, agar AQSh Grenlandiyani nazorat qilmasa, uning qo‘shnisi Rossiya yoki Xitoy bo‘lishini aytdi va buga yo‘l qo‘yilmasligini ta’kidladi.