"Hozirgina Rossiya va Ukraina o‘rtasida yirik asirlar almashinuvi yakunlandi. Har ikkala tomonni muzokaralarning natijasi bilan tabriklayman", — deb yozdi AQSh prezidenti Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
16 may kuni Istanbulda o‘tgan muzokaralar chog‘ida Rossiya va Ukraina delegasiyalari “1000 ga 1000” formatida harbiy asirlar almashinuvi o‘tkazishga kelishib olgan edi. 22 may kuni tomonlar ozod qilinishi kerak bo‘lgan kishilar ro‘yxatini bir-birlariga topshirishdi.