Bugun 4 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

Tramp Qozog‘iston tovarlariga 25 foizlik boj soldi

Tramp Qozog‘iston tovarlariga 25 foizlik boj soldi

AQSh prezidenti Donald Tramp 60 dan ortiq davlatlarga nisbatan keng ko‘lamli import bojlarini joriy etib, savdo hamkorlarini Qo‘shma Shtatlar bilan savdo taqchilligi darajasiga ko‘ra guruhlarga ajratgan.

AQSh prezidenti 60 dan ortiq davlatning tovarlariga 15 foizdan 41 foizgacha boj joriy etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. U 7 avgustdan kuchga kiradi.

Hujjat Oq uy rasmiy veb-saytida 1 avgustga o‘tar kechasi e’lon qilindi.

Eng yuqori tariflar Suriya (41 foiz), Laos va Myanma (40 foiz), shuningdek, Shveysariya (39 foiz) mahsulotlariga nisbatan qo‘llanadi. Yevropa ittifoqi, Yaponiya va Janubiy Koreya uchun esa 15 foizlik qo‘shimcha boj joriy etiladi.

Kiritildi: 20:25 01.08.2025. O'qildi: 799 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!