Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Tramp qaytmoqda. U qasos olishni rejalashtirgan

Tramp qaytmoqda. U qasos olishni rejalashtirgan

AQShning sobiq Prezidenti Donald Tramp faol siyosiy hayotga qaytadi va jurnalistlar bilan munosabatlarini tiklaydi. Bu haqda "Associated Press" xabar bergan. 

"Trampning shiddatli do‘stlari va ittifoqchilari bir necha haftalik sukutdan so‘ng, uning ommaviy axborot vositalari bilan do‘stona intervyularini qayta boshlashini kutmoqda", deyilgan xabarda. 

Qayd etilishicha, Tramp "uning impichmentini qo‘llab-quvvatlagan yoki noyabrdagi saylov natijalarini bekor qilish harakatlariga qarshilik ko‘rsatgan respublikachilardan qasos olishga ahd qilgan". 

Shunga qaramay, u 2022 yilda bo‘lib o‘tadigan oraliq saylovlarda Respublikachilar partiyasiga Vakillar palatasi va Senatda ko‘pchilik ovozni olishi uchun yordam bermoqchi. 

Eslatib o‘tamiz, Donald Trampga nisbatan ochilgan ikkinchi impichment ishi muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Senatdagi ovoz berishda ayblov yetarlicha ovoz olmadi va Tramp oqlandi.

Manba:qalampir.uz

Kiritildi: 22:13 16.02.2021. O'qildi: 3669 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!