Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Tramp qamoqxonadagi suratidan 7,1 mln dollar ishlab topdi

A A A
Tramp qamoqxonadagi suratidan 7,1 mln dollar ishlab topdi

AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp Fulton okrugi qamoqxonasida tushgan surati (magshot) ortidan 7,1 million dollar ishlab topdi. Bu haqda Politico xabar berdi.

Tramp mazkur surati tushirilgan tushirilgan esdalik sovg‘alarini sotish orqali xayriya sifatida 7 million dollardan ortiq mablag‘ yig‘gan. Siyosatchi 25 avgust kuni rasmiy hibsga olish vaqtida Jorjiya shtati qamoqxonasida suratga tushgandi.

Trampning saylovoldi kampaniyasi o‘tgan juma holatiga ko‘ra, tegishli sotuvlardan taxminan 4,18 million dollar yig‘gandi. Hozirda siyosatchi saylovoldi kampaniyasi uchun “daromad” sifatida o‘zining “tarixiy” surati tushirilgan futbolkalar, stikerlar, plakatlar va boshqa suvenirlarni sotmoqda. Mahsulotlarning narxi 12 dan 34 dollargacha baholangan.

Oxirgi uch hafta ichida Tramp saylov uchun 20 million dollarga yaqin mablag‘ yig‘di. Bu Tramp kampaniyasi joriy yilning dastlabki yetti oyida to‘plagan ko‘rsatkichning yarmidan ko‘pi”, — deydi Politico.

Kiritildi: 17:52 27.08.2023. O'qildi: 1917 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik