AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp u bilan suhbat chog‘ida Rossiya yetakchisi Vladimir Putinning Ukrainaga bo‘lgan muhabbatini ko‘rganini aytdi.
“Men Putin Ukrainani sevishini va uni Rossiyaning bir qismi deb bilishini ko‘rdim. Men unga aytdim: “Men prezident ekanman, bu sodir bo‘lmaydi”, — deya Trampning Fox News telekanaliga bergan intervyusida so‘zlarini keltirgan RIA Novosti.
Uning qayd etishicha, Ukraina mavzusi uning Putin bilan suhbatlarida tez-tez paydo bo‘lgan.
Amerikaning sobiq prezidenti Rossiya yetakchisi bilan yaxshi munosabatda bo‘lganini qo‘shimcha qildi.