AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya rahbari Vladimir Putinning Ukrainada tinchlikka erishish istagi borligini bildirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
«Menimcha, u (Putin) buning yakun topishini xohlaydi», — dedi Tramp Ukrainadagi mojaro haqida gapirar ekan.
Shu bilan birga, Amerika prezidenti Vashington tomonidan Rossiyaga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni juda kuchli deb ta’rifladi. Trampning fikricha, yangi cheklovlar o‘z ta’sirini ko‘rsatishi mumkin.