Bugun 10 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Tramp Putin bilan uchrashuv sanasini e’lon qildi

Tramp Putin bilan uchrashuv sanasini e’lon qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan uchrashuvi 15 avgust, kelasi juma kuni Alyaskada o‘tishi haqida ma’lum qildi.

"Uchrashuvning batafsil tafsilotlari keyinroq e’lon qilinadi", — deya izoh qoldirdi AQSh yetakchisi Truth Social sahifasida.

Shuningdek, bu haqda Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov ham ma’lum qildi.

Qizig‘i, Vladimir Putin Alyaskaga borgan ilk Rossiya rahbari bo‘ladi.

Ushakovning aytishicha, ikki davlat rahbarlari sammiti aynan Alyaskada o‘tkazilishi mantiqan to‘g‘ri, chunki Rossiya va AQSh qo‘shni va chegaradosh davlatlar.

Uchrashuvda Ukraina inqirozini uzoq muddatli tinch yo‘l bilan hal etish, shuningdek Alyaska va Arktikadagi o‘zaro iqtisodiy loyihalar muhokama qilinadi.

Keyinchalik Trampning Rossiyaga tashrifi ham istisno qilinmaydi. Taklif allaqachon yuborilgan.

Kiritildi: 22:55 09.08.2025. O'qildi: 941 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!