AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan iyul oyida uchrashish imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Bu haqda Tramp 21 iyun kuni AQSh shtatlari gubernatorlari bilan uchrashuv paytida gapirdi.
Bloomberg News'ning diplomatik manbalarga tayanib xabar berishicha, Tramp-Putin uchrashuvi iyul oyi o‘rtalarida, Trampning Britaniya va Bryusselda o‘tadigan NATO sammitiga tashrifidan oldin yoki keyin bo‘lishi mumkin.
CNN o‘z manbasiga tayangan holda, Tramp Putinni Vashingtonga taklif qilishni xohlayotganini, biroq Moskva betaraf hududda, masalan, Venada uchrashish taklifini kiritayotganini bildirdi.
Xabarda aytilishicha, yaqin kunlarda milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Jon Bolton Putinning Tramp bilan uchrashuvi masalasini muhokama qilish uchun Moskvaga boradi.
Manba: sof.uz