Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Tramp prezident etib saylansa, kimni iste’foga chiqaradi?

Tramp prezident etib saylansa, kimni iste’foga chiqaradi?

AQSh prezidenti Donald Tramp maslahatchilari bilan agar noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan saylovda g‘olib chiqadigan bo‘lsa, Mudofaa vaziri Mark Esperning iste’foga chiqishi mumkinligini muhokama qildi, deya xabar beradi Reuters axborot agentligi. Ushbu ma’lumot, shuningdek, o‘z manbalariga tayanib, Blumberg tomonidan tasdiqlangan.

Manbalarga ko‘ra, Tramp ba’zi masalalar bo‘yicha Pentagon rahbari bilan kelishmovchiliklardan qoniqmaydi. Xususan, Esper Trampning afro-amerikalik Jorj Floydning o‘limidan keyin tartibsizliklarni bostirish uchun harbiylardan foydalanish to‘g‘risidagi qarorini qo‘llab-quvvatlamadi. Shuningdek, Tramp va Esper AQSh harbiy ob’ektlarida Konfederativ bayrog‘idan foydalanish bo‘yicha kelishuvga erisha olmadilar. Pentagon rahbari undan foydalanishni taqiqlab qo‘ydi va Tramp bu qarorni so‘z erkinligini buzish deb baholadi.

Shu bilan birga, Blumberg manbalaridan birining ta’kidlashicha, Esper Tramp istaganicha ishlashga tayyor, boshqa manbaga ko‘ra, Mudofaa vazirligi rahbari har qanday holatda ham saylov natijalaridan qat’i nazar o‘z lavozimini tark etish niyatida.

Kiritildi: 10:04 13.08.2020. O'qildi: 2425 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!