Bugun 3 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Tramp prezident bo‘lmaganida boshqa mamlakatlar ham bo‘lmasmidi?!

Tramp prezident bo‘lmaganida boshqa mamlakatlar ham bo‘lmasmidi?!

Men AQSh prezidenti bo‘lmaganimda Saudiya Arabistoni va Isroil mavjud bo‘lmasdi – Donald Tramp.

AQSh prezidenti Donald Tramp The Times gazetasiga bergan intervyusida valiahd shahzoda bilan aloqalari yaxshi ekanini aytib, husiylar hujumini qaytarishda yordam bermagani uchun Saudiya Arabistoni undan norozi ekani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

"Munosabatlarimiz yaxshi. Saudiya Arabistoni uchun ko‘p ish qilyapman. Men uni himoya qilaman. Ular yer yuzidan yo‘q bo‘lib ketardi. Menga valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon yoqadi. Agar men AQSh prezidenti bo‘lmaganimda, Saudiya Arabistoni bo‘lmas edi. Isroil ham bo‘lmasdi. Boshqa mamlakatlar ham bo‘lmasdi.

Manbalarga ko‘ra, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi 10 sentyabr kuni AQSh prezidentiga ikki marta qo‘ng‘iroq qilib, uni husiylarga zarba berishga chaqirgan. Murojaatda Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan husiylarga Qizil dengizdagi muhim hisoblanuvchi Bob al-Mandab bo‘g‘oziga yaqinlashayotgan paytda hujum qilish so‘ralgan. Donald Tramp Muhammad bin Salmonning chaqirig‘ini rad etgan.

Oradan bir hafta o‘tib, 17 sentyabr kuni Muhammad bin Salmon yana Tramp bilan telefon orqali suhbat o‘tkazgangan. Natijada Tramp Pentagonga havo hujumlariga tayyorgarlik ko‘rishni topshirgan. Biroq 19 sentyabr kuni tunda husiylarga qarshi hozircha harakat qilmaslik to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Oq uy buni Yaqin Sharqdagi mojaro geografiyasini kengaytirishni istamaslik bilan izohlagan.

Kiritildi: 20:15 02.10.2026. O'qildi: 633 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!