Bugun 14 avgust, 2026 yil, juma

КИР

Tramp Oq uy matbuot kotibi iste’foga chiqishini e’lon qildi

Tramp Oq uy matbuot kotibi iste’foga chiqishini e’lon qildi

Oq uy matbuot kotibi Kerolin Levitt shaxsiy holatlar tufayli shu yilning avgust oyi oxirida lavozimini tark etadi.

AQSh prezidenti Donald Tramp bu haqda Truth Social ijtimoiy tarmoq sahifasida e’lon qildi.

"Bizning ajoyib Oq uy matbuot kotibimiz va mening eng ishonchli yordamchilarimdan biri Kerolin Levitt go‘zal yosh bolalari va oilasi bilan ko‘proq vaqt o‘tkazish uchun oy oxirida lavozimini tark etadi - men bu qarorni to‘liq tushunaman va hurmat qilaman!" deb yozgan u.

Trampning aytishicha, Levitt uning tashqi ishlar bo‘yicha maslahatchisi bo‘lib ishlaydi va oraliq saylovlarga qadar Respublikachilar partiyasining faoliyatida ishtirok etadi.

"Kerolin Oq uyda haqiqiy yetakchi bo‘lib kelgan va 2018 yildan beri, jumladan, bizning tarixiy 2024 yilgi qayta saylanish kampaniyamizda ham adolat, erkinlik va ozodlik uchun kurashda ajoyib ish qilgan. Kerolin ushbu lavozim tarixidagi eng yaxshi Oq uy matbuot kotiblaridan biri bo‘lgan. Yaxshi bajarilgan ishingiz uchun rahmat, Kerolin", deb xulosa qildi Amerika yetakchisi.

Kiritildi: 08:40 13.08.2026. O'qildi: 631 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!