Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Tramp og‘ir kasallikka chalindi. U kasalxonada

Tramp og‘ir kasallikka chalindi. U kasalxonada

AQSh Prezidenti Donald Trampning ukasi Robert Tramp juma kuni Nyu-Yorkda "jiddiy tashxis" bilan kasalxonaga yotqizildi. Bu haqida Reuters agentligiga tayanib "uzreport.news" xabar bermoqda.

Oq uy rahbari 72 yoshli ukasini ko‘rish uchun shifoxonaga tashrif buyurdi.

Ukasining kasalligini prezidentning o‘zi ham tasdiqladi, ammo nima kasal ekanligi sir tutilmoqda. Tramp o‘z ukasini "ajoyib odam" deya atadi va u bilan munosabatlari juda yaxshi ekanini ta’kidladi.

"Umid qilamanki, u sog‘ayib ketadi. Ammo hozir ahvoli yaxshi emas", — dedi Tramp.

Robert Tramp ilgari akasining Trump Organization nomli kompaniyasida boshqaruvchi lavozimida ishlagan.

Kiritildi: 13:09 15.08.2020. O'qildi: 9206 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!