AQSh Prezidenti Donald Tramp seshanba kuni kechqurun rasman saylov oldi kampaniyasi boshlanganini e’lon qildi. Tramp bu haqda Orlando (Florida shtati)da o‘z tarafdorlari ishtirokidagi ko‘p ming kishilik mitingda ma’lum qildi.
Tramp o‘z nutqini liberal OAVni tanqid qilishdan boshladi, uning so‘zlariga qaraganda “yolg‘on xabarlar” haqida yozadigan jurnalistlar bo‘m-bo‘sh stadion haqida “uch yoki to‘rtta o‘rin” bo‘shligini yozadi.
Qo‘shma Shtatlar prezidentligi uchun qayta saylanishi borasida o‘z kampaniyasi boshlanganini e’lon qilgan Tramp o‘z komandasi ikki yarim yil davomida bajargan ishlarni tarixda hech kim shu vaqtgacha amalga oshirmaganini ta’kidlab o‘tdi, bu kabi holatlar bilan biror bir Prezident duch kelmaganini qayd qildi. “Biz bu ishni bajarishda davom etaveramiz. Sizlarga va’da beraman, men hech qachon sizlarni uyaltirib qo‘ymayman“, – dedi Tramp to‘planganlarga murojaat qilar ekan.
Tramp o‘z tarafdorlarini demokratlar nomzodining ehtimoliy g‘alabasidan ogohlantirdi. Trampning so‘zlariga qaraganda, uning “radikal ko‘z qarashdagi demokrat raqiblari nafrat, g‘azab va ko‘rolmaslik sari harakat qilmoqda“. Ular mamlakatni yo‘q qilmoqchi, dedi AQSh Prezidenti. U shuningdek, maxsus prokuror Robert Myullerning 2016 yilgi prezidentlik saylovlarida Rossiyaning aralashuvini tergov qilganini ham eslatib o‘tdi va “hech kim Donald Trampchalik Rossiyaga nisbatan murosasiz bo‘lmaganini“ ta’kidladi. U amerikaliklarni “korrupsiyalashgan tizimga barham berish maqsadida” 2020 yilning 3 noyabr kuni saylovlarda ishtirok etishga chaqirdi.
CNN buyurtmasiga ko‘ra, SSRS o‘tkazgan yangi so‘rovga ko‘ra, 54 foiz amerikaliklar Prezident Tramp 2020 yilgi saylovlarda g‘alaba qozonishini va ikkinchi muddatga qayta saylanishini aytishgan. Trampning bu qadar mashhurligining sabablaridan biri iqtisodiy ahvolni (26 foiz) misol sifatida keltiradi. Prezidentga nisbatan qo‘yilayotgan ayblovlar orasida yolg‘on (bu haqda tadqiqot ishtirokchilarining 13 foiz aytgan) va irqchilik (11 foiz) bor.
Trampdan tashqari AQSh prezidentligi lavozimiga Respublikachilar partiyasidan Massachusets shtatining sobiq gubernatori 73 yoshli Uilyam Ueld da’vogarlik qilmoqda. AQSh Demokratik partiyasidan 20 dan ortiq siyosatchi bo‘lajak prezidentlik poygasida ishtirok etish niyatini bildirdi. Ular orasida - Vermont shtatidan senator Berni Sanders, AQSh sobiq vise-prezidenti Djo Bayden va Nyu-Yorkning amaldagi meri Bill de Blazio bor.