Bugun 21 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Tramp Netanyahudan G‘azodagi urushni to‘xtatishni talab qildi

Tramp Netanyahudan G‘azodagi urushni to‘xtatishni talab qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp dushanba kuni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan 40 daqiqalik telefon suhbati o‘tkazdi. Isroilning Kan telekanali xabariga ko‘ra, suhbat keskin kechgan — Tramp G‘azodagi urushni to‘liq to‘xtatish zarurligini qat’iy talab qilgan.

Tramp urushni to‘xtatish AQShning Eron bilan yadroviy kelishuv yuzasidan muzokaralarini yengillashtirishini, shuningdek, Isroilning Saudiya Arabistoni bilan munosabatlarini normallashtirish jarayoniga yordam berishini ta’kidlagan. U Eronga nisbatan darhol harbiy zarba berish ehtimolini rad etgan va diplomatik yechim ustuvor ekanini bildirgan.

Netanyahu esa Tehronga nisbatan harbiy tahdid saqlanib qolishi kerakligini ta’kidlagan. Ammo Tramp bu kabi muhokamalar hozircha erta ekanini aytgan. Kan telekanali ma’lumotiga ko‘ra, Netanyahu javoban shunday degan:
«Eron faqat vaqtni cho‘zmoqda, bu muzokaralar befoyda».

Kiritildi: 16:36 11.06.2025. O'qildi: 1219 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!