AQSh prezidenti Donald Tramp Anqarada o‘tayotgan NATO sammitining yakuniy kunida Grenlandiyaga egalik qilish istagi hali ham saqlanib qolayotganini bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa davlatlarining bu masaladagi qarshiligi «katta muammo» hisoblanadi.
Shuningdek, Tramp Ispaniyani «NATOdagi dahshatli hamkor» deb atab, alyans doirasida Madridning pozisiyasini tanqid qildi.
Bu bayonotlar NATOga a’zo davlatlar rahbarlarining Anqarada o‘tayotgan ikki kunlik sammiti yakunida yangradi.