Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Tramp: "NATO bilan qarama-qarshiliklarimiz Grenlandiyadan boshlangan"

Tramp: "NATO bilan qarama-qarshiliklarimiz Grenlandiyadan boshlangan"

Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkiloti (NATO) ichidagi asosiy kelishmovchiliklar Grenlandiyadan boshlangan.

AQSh prezidenti Donald Tramp bu haqda Oq uyda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

"Agar haqiqatni bilmoqchi bo‘lsangiz, hammasi Grenlandiyadan boshlangan. Biz Grenlandiyani xohlaymiz. Ular uni bizga berishni xohlamaydilar va men "xayr" dedim", dedi u.

Shu bilan birga, Amerika rahbari Vashington NATOdagi yetakchilik rolini yo‘qotishi mumkinligi haqidagi taklifni rad etdi, ammo NATOdagi hamkorlarining Eronga qarshi operasiyani qoralashi va aralashmaganidan chuqur hafsalasi pir bo‘lganini ta’kidladi.

"Yo‘q, bunda hech qanday xavf yo‘q. Aytgancha, bizga NATO kerak emas edi. Ular bizga umuman yordam berishmadi. Aksincha", deb takrorladi Amerika rahbari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Avstraliya, Koreya Respublikasi va Yaponiya ham Eron bilan urush paytida AQShga hech qanday yordam ko‘rsatmagan. Shu nuqtai nazardan, Tramp AQShning Eronga qarshi operasiya davomida Saudiya Arabistoni, Qatar, BAA, Bahrayn va Quvaytdan olgan yordamini yuqori baholadi.

Kiritildi: Bugun 10:30. O'qildi: 473 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!