AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uy muxbirlari assosiasiyasining kechki ziyofatida ishtirok etishini ma’lum qildi.
«Kuch va bardosh ramzi sifatida, 25 aprel kuni to‘satdan va shafqatsizlarcha to‘xtatilgan Oq uy muxbirlari ziyofati 24 iyulga ko‘chirilgani haqida endigina e’lon qilindi», — deb yozdi u «Truth Social» sahifasida.
Tramp buni yaxshi yangilik deb atadi.
«Assosiasiya prezidenti Veyszya Szyan mendan u yerda bo‘lishimni va nutq so‘zlashimni so‘radi, men esa rozi bo‘ldim», — deya qo‘shimcha qildi AQSh yetakchisi.