AQSh prezidenti Donald Trampga ko‘ra, Ilon Mask undan yaqin do‘stini NASA rahbari etib tayinlashni iltimos qilgan. Bu haqda Tramp Truth Social'da yozgan.
«Men uning do‘stini yaxshi inson deb o‘ylagandim, lekin u demokrat ekan va respublikachilarga xayriya qilmagan», — dedi Tramp. Uning ta’kidlashicha, Ilonning kosmik sohadagi biznes manfaatlari bor ekani uchun bu tayinlov noma’lum darajada manfaatlar to‘qnashuviga sabab bo‘lishi mumkin edi.