Bugun 30 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Tramp marhum senatorni qahramon deb atashni taqiqladi

A A A
Tramp marhum senatorni qahramon deb atashni taqiqladi

AQSh prezidenti Donald Tramp Oq Uy ma’muriyatiga senator Jon Makkeynning o‘limi haqida rasmiy ma’lumot tarqatishni taqiqladi, deb xabar beradi The Washington Post.

Oq Uy matbuot kotibi Sara Sanders va Oq Uy apparati rahbari Jon Kelli tomonidan tayyorlangan hujjatda senatorning harbiy xizmatlari esga olinib, unga harbiy qahramon sifatida tavsif berish taklif qilingan edi. Tramp esa Twitter’dagi sahifasida qisqa ta’ziya bildirish bilan cheklandi.

Sanders Trampning pozisiyasini tushuntirishdan bosh tortgan.

Jurnalistlarning taxmin qilishicha, Tramp Makkeynni o‘z siyosatini tanqid qilgani uchun yomon ko‘rib qolgan. Xususan, Makkeyn Trampning sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotini ham tanqid ostiga olgan edi.

Kiritildi: 16:53 27.08.2018. O'qildi: 1361 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik