Tramp ma’lumotlar sizib chiqishidan g‘azabda. AQSh Adliya vazirligi jurnalistlarga nisbatan surishtiruvlarni faollashtirdi.
Qo‘shma Shtatlar Adliya vazirligi Donald Tramp bosh prokuror vazifasini bajaruvchi Todd Blanshga Yaqin Sharqdagi mojaro haqidagi ma’lumotlar ommaviy axborot vositalariga sizib chiqqanidan shaxsiy tartibda shikoyat qilganidan so‘ng surishtiruvlarni kuchaytirdi.
Bu haqda The Wall Street Journal Oq uy mulozimlariga tayanib xabar bermoqda.
Blansh milliy xavfsizlik mavzularida ishlagan jurnalistlarning hujjatlarini olish uchun sud orqali chaqiruv qog‘ozlari yuborishga va’da bergan.
Qayd etilishicha, Trampni ayniqsa uning mojaro boshlash qarori va ushbu qadamni o‘ylash jarayonida maslahatchilari bergan tavsiyalari haqidagi maqolalar g‘azablantirgan.
WSJ nashrining o‘zi ham 5 mart kuni Pentagon vakillari prezidentni Yaqin Sharqdagi uzoq davom etadigan mojaro xavflari haqida ogohlantirgani to‘g‘risidagi nashri sababli jurnalistlarning yozuvlarini taqdim etish talabi bilan chaqiruv qog‘ozi olgan edi.