Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Tramp koronavirusga qarshi yangi dori "topdi"

A A A
Tramp koronavirusga qarshi yangi dori "topdi"

Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp sinovdan o‘tkazilmagan dori-darmonlarni COVID-19ni davolash uchun tavsiya qilishni davom ettirmoqda.

Avvalroq bir necha bor gidroksixloroxin (bezgakka qarshi dori)ni ishlatishga chaqirgan Amerika rahbari bu safar Oziq-ovqat va dori-darmonlarni nazorazt qilish boshqarmasiga (FDA) koronavirusga qarshi kurashda oleandir ekstraktidan foydalanishni ma’qullashni tavsiya qilmoqda.

Bu haqda “Axios” portali xabar bermoqda.

Ta’kidlanganishicha, oleandir koronavirusga qarshi mumkin bo‘lgan davolash vositasi sifatida taqdim etilgan yig‘ilishda Tramp "FDA buni tasdiqlashi kerakligini" aytgan.

Biroq hozirga qadar koronavirus bilan og‘rigan bemorlarni davolashda oleandirning samaradorligi to‘g‘risida tasdiqlangan ma’lumotlar yo‘qligi bois FDA rahbari Stiven Xan preparatni tasdiqlashga rozi bo‘lmagan.

 

 

Kiritildi: 04:30 18.08.2020. O'qildi: 3439 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik