Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Tramp Kim Chen Inning ahvoli haqida ma’lumot berdi

A A A
Tramp Kim Chen Inning ahvoli haqida ma’lumot berdi

AQSh prezidenti Donald Tramp KXDR yetakchisi Kim Chen Inning sog‘lom ekanligini aytdi.

“Kim Chen Inning sog‘lig‘i yaxshi. Hech qachon uni kamsitmang”, – deb yozgan Tramp "Tvitter"da.

KXDRda munosabatlarni normallashtirish va yadrosizlantirish choralari to‘g‘risida kelishib olgan Tramp va Kim Chen Inning birinchi uchrashuvi 2018 yil 12 iyun kuni  Singapurda bo‘lib o‘tdi.

Ularning Xanoyda 2019 yil fevral oyida bo‘lib o‘tgan ikkinchi uchrashuvlari behuda yakunlandi.

Bundan tashqari, keyinchalik ular qisqa vaqt ichida ikki Koreya chegarasida uchrashishdi. Keyinchalik Tramp Janubiy Koreyadan KXDR hududiga qadam qo‘ygan birinchi AQSh prezidenti bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi bir necha oy ichida G‘arbiy, Janubiy Koreya va Yaponiya ommaviy axborot vositalarida KXDR rahbarining kamdan-kam uchraydigan chiqishlari tufayli sog‘lig‘i bilan bog‘liq jiddiy muammolar haqida mish-mishlar tarqaldi. Xususan, aprel va may oylarida u deyarli uch hafta davomida ommaviy tadbirlarda qatnashishdan tiyildi.

Kiritildi: 09:35 11.09.2020. O'qildi: 3427 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik