Tramp jurnalistlarga Kim Chen In dunyodagi ko‘plab odamlarni yoqtirmasligini, ammo unga nisbatan munosabati boshqacha ekanini bildirgan.
Janubiy Koreya prezidenti Li Je Myon avvalroq Tramp muzokaralar davomida Shimoliy Koreya bilan muloqotni davom ettirish istagini tasdiqlaganini ma’lum qilgan edi.
Avgust oyida Tramp Kim Chen In ikki davlat o‘rtasida muzokaralar o‘tkazish haqidagi chaqiriqqa javob berganini aytgan. AQSh prezidenti o‘zi va KXDR rahbari o‘rtasida yaxshi munosabatlar shakllanganini ham ta’kidlagan.
Tramp shuningdek, Pentagon rahbari Pit Hegsetga Janubiy Koreya bilan o‘tkaziladigan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar ko‘lamini qisqartirish bo‘yicha topshiriq berganini ma’lum qilgan. U bunday mashg‘ulotlarni majburiy emas deb atagan.