AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp jurnalistlar bilan suhbatda KXDR prezidenti Kim Chen In va Rossiya rahbari Vladimir Putinni maqtadi.
«Kim Chen In 23 yoki 24 yoshida hukumat tepasiga kelib, mamlakatni to‘liq nazorat qila oldi. Bu katta ish. U juda aqlli.
Putin? U ham juda aqlli inson. Bayden Ukraina masalasida juda chuqurlashib ketdi. Agar Ukraina urushda yuta olmasa va Putin butun Ukrainani olsa, o‘shanda nima bo‘ladi?» – degan AQSh sobiq prezidenti.