Bugun 19 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Tramp: Kim Chen In menga yoqadi, men esa unga

A A A
Tramp: Kim Chen In menga yoqadi, men esa unga

U juda aqlli va ziyrak, faqat birozgina beqaror odam. Biz juda yaxshi kelishamiz: u menga yoqadi, men esa unga , deydi Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp deya ma’lum qildi Vesti.ru .

Ammo hamma ham AQSh rahbarining nekbinligini qabul qilmadi, sababi Xanoydagi KXDR rahbari bilan uchrashuvda hech qanday kelishuvga erishilmagan.

Ma’lum bo‘lishicha, Tramp Inga sanksiyalarni bekor qilish evaziga yadro qurollaridan butunlay voz kechishni taklif qilgan. KXDR Davlat kengashi raisi esa rad etgan.

Shimoliy Koreya Markaziy telegraf agentligi ikki davlat rahbarlarining uchrashuvini konstruktiv deb atadi. Koreya mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabariga ko‘ra, katta o‘zgarishlarga erishilgan.

Eslatib o‘tamiz, 28 fevral kuni Tramp va Inning ikki kunlik muzokaralari nihoyasiga yetgan. Ular Vetnam poytaxti Xanoyda bo‘lib o‘tgan. Davlat rahbarlarining uchrashuvi muddatidan oldin tugagan.

Amerika prezidenti ba’zan tark etish yaxshiroq ligini aytgan va ketgan. Umumiy ovqatlanish marosimi bekor qilingan.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 04:34 02.03.2019. O'qildi: 1752 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik