Bugun 15 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Tramp ketishidan oldin oilasini afv etishni rejalashtirgan

Tramp ketishidan oldin oilasini afv etishni rejalashtirgan

AQShning amaldagi Prezidenti Donald Tramp davlat rahbari lavozimidan ketishidan oldin bir qator shaxslarni, shu jumladan farzandlari va advokatini ham afv etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda CNN xabar bergan. 

Manbaga ko‘ra, Amerika rahbari o‘z oilasi va sheriklarini kelajakda ularga "bog‘lab qo‘yilishi" mumkin bo‘lgan jinoyatlar uchun oldindan kechirishi ehtimoli bor. 

Avvalroq, Donald Trampning o‘zi hamda uch farzandining “The Trump Ogranization”dagi faoliyati ularni jinoiy javobgarlikka tortishga sabab bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. 

Keyinchalik Tramp o‘z maslahatchilari bilan farzandlari, kuyovi va shaxsiy advokati Rudi Julianini saylovdagi raqibi Jo Baydendan himoya qilish imkoniyatlarini muhokama qilgandi.

Ma’lumot uchun, Tramp allaqachon bir necha kishini, jumladan, davlat rahbarining Milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Maykl Flinni afv etish to‘g‘risida qaror imzolagan. 

2017 yilda Maykl Flinn Rossiyaning o‘sha vaqtda Vashingtondagi elchisi bo‘lib ishlagan Sergey Kislyakov bilan uchrashuvi to‘g‘risida FQBga yolg‘on ma’lumot berganini tan olgan. FQB xodimlari Flinndan u diplomat bilan Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etilishini muhokama qilgan yoki qilmagani haqida so‘ragan. Trampning maslahatchisi esa muhokama qilmaganini aytib yolg‘on so‘zlagan.

Maykl Flinn 2017 yilning 20 yanvaridan 13 fevraliga qadar Trampning maslahatchisi lavozimida ishlagan.

Kiritildi: 04:30 04.12.2020. O'qildi: 3057 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!