"Men NATOdan hafsalam pir bo‘ldi, chunki biz NATO mamlakatlariga trillionlab dollar sarflaymiz. Bu bizning byudjet taqchilligimizning sabablaridan biridir. Biz boshqalarga yordam beramiz, ular esa bizga yordam bermaydilar", - dedi Tramp.
AQSh prezidenti shuningdek Britaniya bosh vaziri Kir Starmerdan ham “hafsalasi pir bo‘lganini” ma’lum qildi. “U Uinston Cherchil emas”, deb qo‘shimcha qildi Tramp.
Makronning urush tugamagunicha Tramp koalisiyasiga qo‘shilmasligi haqidagi bayonotiga "Tez orada uning muddati tugaydi" dedi Tramp.