AQSh Prezidenti Donald Tramp ishtirokidagi tadbir paytida mehmonxonada otishma sodir etgan jinoyatchining sheriklari bo‘lmagan va u yolg‘iz harakat qilgan, deb ma’lum qildi Vashington polisiyasi boshlig‘i Jeff Kerroll.
Amerika idorasi rahbari bu haqda sodir bo‘lgan voqea yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida so‘zlab berdi.
Ofiserning tushuntirishicha, huquq-tartibot idoralari voqea tafsilotlarini o‘rganishda davom etmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, dastlabki ma’lumotlar qo‘lga olingan jinoyatchining yordamchilari bo‘lmaganini ko‘rsatmoqda.
«Hozirgi vaqtda, katta ehtimol bilan, u yolg‘iz harakat qilgan», — dedi Kerroll.