Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Tramp internet-reklamaga pul sarflashda rekord o‘rnatdi

A A A
Tramp internet-reklamaga pul sarflashda rekord o‘rnatdi

Gap 64,7 million dollar haqida ketmoqda. Ulardan 37,2 millionini «Yana buyuk Amerikani yaratamiz» qo‘mitasi, 27,4 millionini esa «Donald Tramp prezidentligi» saylovoldi shtabi sarflagan. Demokratlar partiyasidan nomzod Jo Baydenning tashkilotchilari esa internet-reklamaga qariyb ikki baravar kam mablag‘ sarflashgan — buning uchun 32,58 million dollar ajratishgan.

Trampning xarajatlari oldingi rekordni yangiladi: Nyu-York eks-meri, milliarder Maykl Blumberg 2020 yilda saylovoldi kampaniyasiga 62,2 million dollar sarflagandi.

AQShda prezident saylovi 3 noyabr kuni o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Saylovchilar respublikachilar partiyasidan amaldagi prezident Donald Trampga, demokratlardan esa vise-prezident Jo Baydenga ovoz berishadi.

Kiritildi: 20:22 02.09.2020. O'qildi: 1605 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik