Bugun 22 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Tramp husiylarga zarba berish qaroridan yana bir bor qaytdi

Tramp husiylarga zarba berish qaroridan yana bir bor qaytdi
AQSh prezidenti Donald Tramp Pentagon hujumga tayyorgarlikni yakunlab, nishonlar ro‘yxati tasdiqlangan va harbiy samolyotlarga bombalar yuklanayotgan paytda Yamandagi husiylarga havo zarbalari berish operasiyasini to‘xtatdi.
The New York Times ma’lumotlariga ko‘ra, Tramp avval zarbalarga qarshi bo‘lgan, ammo Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonning aralashish haqidagi chaqirig‘idan so‘ng Pentagonga tayyorgarlik ko‘rishni buyurgan.

Biroq yakshanba kuni Tramp yana qarorini o‘zgartirib, hujumni hozircha o‘tkazmaslikka qaror qilgan. Nashrga ko‘ra, Tramp atrofidagi ko‘plab amaldorlar AQShning Saudiyaning husiylarga qarshi kurashiga bevosita qo‘shilishiga shubha bilan qaragan yoki bunga qarshi chiqqan. Bunga AQSh armiyasi Eron bilan urushda allaqachon yuklama ostida ekani ham sabab bo‘lgan.
Kiritildi: 16:57 21.09.2026. O'qildi: 434 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!