AQSh prezidenti Donald Tramp Hindiston Rossiyadan neft sotib olishni sezilarli darajada qisqartirganini ma’lum qildi.
Tramp bu haqda AQSh Kongressi Vakillar palatasidagi Respublikachilar yig‘ilishida ma’lum qildi.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi undan besh yildan beri kechiktirilgan 68 ta Apache vertolyotini yetkazib berish masalasini muhokama qilishni so‘ragan. Amerika yetakchisining ta’kidlashicha, ular yaxshi munosabatlarni saqlab turishadi, biroq Modi Rossiyadan neft sotib olish bilan bog‘liq yuqori tariflardan norozi bo‘lib, Hindiston hozir uni sezilarli darajada pasaytirgan.
2025 yilning 6 avgustida AQSh Rossiyadan neft va neft mahsulotlarini sotib olgani munosabati bilan Hindistonga 25 foizlik qo‘shimcha bojlar joriy qildi. Avgust oyi oxirida AQShning Hindiston tovarlari va xizmatlari importiga bojlari 50 foizgacha oshirildi.